kalimah.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

ummon guruhi – osmon كلمات اغاني

Loading...

osmon oxiri yo’q yulduzlar
shu yulduzlarga qarab seni izlayman
bulutlar yopmanglar ko’klarini
uni yulduzlarna so’rab tunlar yig’layman
vaqt davo derlar har bir dardga
nega davo bo’la olmayapti unda menga
menga vaqt o’tishi emas menga u kerak
u ketgan kundan beri vaqt ham to’xtab qolganday

yomg’ir uncha yog’masang ayt kun bo’yi
gulim so’lib bo’ldi
mayli endi uni sen ham men ham qaytaraolmaymiz
faqat bir chetda eslab yig’laymiz
qara ho’l bo’lib yotar xazonlar
shu xazonlar tagida mani gulim yotar
kecha yam_yashil edi barglari
bugun sap_sariqdur ranglari

quyosh nur sochar edi isib turgan tanamga
undan ko’ra sochmasmidi muzlab yotgan qalbiga
hayotimga qo’shib baxtli lavhalar
shu kungacham ko’rar edik qancha shirin lahzalar
dengiz uni bag’ringga oborolmadim
sani ko’rish orzusi edi ko’rsataolmadim
endi hech qachon kechirolmayman o’zimni
bittagina orzusini amalga oshirolmadim
yarim oy yarim bo’ldi ko’nglim bilan
sen ertaga to’lasan to’lmas bo’ldim endi
sendayin nur taralib ko’zlaridan
sog’inib ketdim tutib yurishim qo’llaridan

yomg’ir uncha yog’masang ayt kun bo’yi
gulim so’lib bo’ldi
mayli endi uni sen ham men ham qaytaraolmaymiz
faqat bir chetda eslab yig’laymiz
qara ho’l bo’lib yotar xazonlar
shu xazonlar tagida mani gulim yotar
kecha yam_yashil edi barglari
bugun sap_sariqdur ranglari

yomg’ir uncha yog’masang ayt kun bo’yi
gulim so’lib bo’ldi
mayli endi uni sen ham men ham qaytaraolmaymiz
faqat osmonlarga qarab yig’laymiz
qara ho’l bo’lib yotar xazonlar
shu xazonlar tagida mani gulim yotar
kecha yam_yashil edi barglari
bugun sap_sariqdur ranglari

كلمات أغنية عشوائية

اهم الاغاني لهذا الاسبوع

Loading...