kalimah.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

shaka (uzb) – yulduzimsan كلمات اغاني

Loading...

[matn “yulduzimsan” ft. bakhtiyor rahman]

[verse 1: shaka]
o‘sha yulduz _ o‘sha yulduz, so‘nmadi hali hanuz
lek yuzin zab berkitdiyu sayyoramga keldi kuz
uzluksiz ul zulfi bilan ob havoyim boshqarar
qarorgohim u yulduzga umidsizlarcha mahbus

tuzdek qotgan ko‘zlarimga shuʼlasi yetg_ymikin
muzdek qalbim ashulasidan erib ketg_ymikin
men ne yo‘ldoshdirman_ki ul yulduz_la hamxona
to‘qnashsammikan yo, gravitatsiya bahona

goho kimlar ozib_yozib, yonidagi qizlariga
yulduzlarni uzarman der, go‘yo ular izmlarida
koinot, lek afsus yo‘q bunday tizim
zimiston bo‘lardi ko‘k, yulduzlarni uzganimizda

kezi kelib quyoshni ham uzib olsak gar
saharimni qaytar deb jo‘sh urardi shaharlar
men yaxshi repper, lek sariq chaqa qaro ko‘nglim
sen bir tiyinlik repper, lek taratgan nuring so‘lim

[naqorat: bakhtiyor rahman]
yulduzimsan, samolardan nur sochgan
gulyuzim
yulduzimsan…
[verse 2: shaka]
o‘sha shaka, o‘sha shaka, uchar raketadaka
bir yuz ellik million kilometr bir o‘zi falakda yakka
butun umri uvolmasdir manziliga yetmakka, lek
ne yuzqarolik turtkiladi uni uchib ketmakka?

koinotda musofir u, goh soxta, goh haqiqiy u
yurtdan ayro kimsa vayron, xoh muslim xoh yahudiy u
kamina tohirdir u yulduz zuhro bo‘lsa gar
aylanib o‘rgilib, oxir talpinaman ul qadar

[naqorat: bakhtiyor rahman]
yulduzimsan, samolardan nur sochgan
gulyuzim
yulduzimsan…
yulduzimsan
somon yo‘lidan qochgan gulyuzim
yulduzimsan…

[outro]
yulduzimsan
gulyuzimsan
yulduzimsan
yulduzimsan

كلمات أغنية عشوائية

اهم الاغاني لهذا الاسبوع

Loading...