kalimah.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

shaka (uzb) – uyalma كلمات اغاني

Loading...

[matn “uyalma”]

[intro]
uyalma, uyalma, asosiysi uyalma
uyalma, uyalma, asosiysi uyalma
harakat harakat harakatda barakat
uyalma uyalma, tortinishga ne hojat
harakat harakat harakatda barakat
uyalma uyalma

[kuplet 1]
kim nima deyishidan farqli o‘laroq uyalish aqldan ayro
u shunday bir balokim, kimlarni qilmas hayron
uyalmasman g‘animdan na bir do‘st na bir kamimdan
voz kechmam vatanimdan to‘rtta okean aro

uyalmasman aksentdaman
xorazmda, piskentda ham
ohangaron, toshkentda ham
moskvayu chimkentda ham

men repperman!
tamom vassalom
repperlarning piridirman
menga pushkin bir jahon
uyalmagin shevangdan
shahar, qishloq tepangdan
uyalmagin boringdan
tili zabon, koringdan
qay yurtlarga borsang ham mag‘rur tutgin boshingni
o‘z tilingni berma hech unutma qaroshingni

[pre_chorus]
g‘ulg‘ula va xavotir tahdid tug‘dirayotir
bir kulib, bir yig‘lab odamzod kun kechirayotir
lekin menga baribir yengilmasman hech bir on
menga bayron bir jahonu, menga pushkin bir jahon!

g‘ulg‘ula va xavotir tahdid tug‘dirayotir
bir kulib, bir yig‘lab odamzod kun kechirayotir
lekin menga baribir yengilmasman hech bir on
menga bayron bir jahonu, menga pushkin bir jahon!

[naqorat]
uyalma, uyalma, asosiysi uyalma
uyalma, uyalma, asosiysi uyalma
harakat, harakat harakatda barakat
uyalma, uyalma, tortinishga ne hojat
harakat, harakat harakatda barakat
uyalma, uyalma
[kuplet 2]
ne bo‘lishidan qatʼiy nazar, sen tortinma, birodar
oqilona qadam bos, sandiroqlama darbadar
yoz baytlar, hamma paytlar
baytlaringni haytlarda hamma aytar

o‘zbek repi eng zo‘r repdir dunyoda, unga yo‘q chek
qolganlari xijolat chetda popris chekar, lek
rus repiga nadomat yo‘q, bildiraman hamdardlik
o‘zbek repi baribir zo‘r, tan olish ham bir mardlik

kindik qon to‘kilgan yer _ moʻtabar, muqaddas
sheva, lahjangni asra, niqoblar kerakmas
so‘kina ko‘rmagin hech, manman tutma o‘zingni
uzr so‘ra qani tez! qaytarib ol so‘zingni

[pre_chorus 2]
tinch qo‘ymaydi tushkunlik
tinch qo‘ymaydi araz
baʼzi do‘stlar uch kunlik
dushmanlarim molfaraz
lek bu oddiy jarayondir
aslo bo‘lmasman hayron
menga bayron bir jahonu
menga pushkin bir jahon!
tinch qo‘ymaydi tushkunlik
tinch qo‘ymaydi araz
baʼzi do‘stlar uch kunlik
dushmanlarim molfaraz
lek bu oddiy jarayondir
aslo bo‘lmasman hayron
menga bayron bir jahonu
menga pushkin bir jahon!

[naqorat]
uyalma, uyalma, asosiysi uyalma
uyalma, uyalma, asosiysi uyalma
harakat, harakat harakatda barakat
uyalma, uyalma, tortinishga ne hojat
harakat, harakat harakatda barakat
uyalma, uyalma

كلمات أغنية عشوائية

اهم الاغاني لهذا الاسبوع

Loading...