kalimah.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

shaka (uzb) – oq odam كلمات اغاني

Loading...

[matn “oq odam”]

(nemischa nutq)

oq odam! odam odam!
qo‘noq topdi tomorqamdan
namozshom tusish bilan
u ohista tashlar qadam

oq odam!
quloqlarni ipga tizib, qilib marjon
bir ko‘rimsiz besaranjom
bo‘yinturuq taqvogan

mening itim bor edi
ismi edi boyqadam
oq odam unga qildi hamla!
itimni o‘marib ketdi, hamda
uni so‘yib po‘yib xoyna_hoy
bir piyola choy ustida
hamtovoqlari bilan ko‘rdi baham

oq odam…
yo‘l tanlamas botinkasi misli tank!

(priyom, priyom, burgut, aloqada chuvalchang
oq odam jangovar holda bosmoqda qadam, yo)
harbiy zobit siyib qo‘ydi, oq odam unga boqqan dam

g‘arbiy toshkent reyhi yarim tunda t_rdi tik
reichsmarschall mirzohidov! chest berar siygak zobit
sharqiy toshkent sovet polki eʼlon trevoga!
har zamon sos mushaklari otilardi havoga

(radio ovozi)

bir tomonda ss
bir tomonda nkvd
bir tomonda vasvas
bir tomonda qo‘rquv edi
nogahon o‘q otildi
o‘t chaqnadi ketma_ket
dushman sezdi, razvedka!
jangga kirdi betma_bet

granata portladi
tilga kirdi avtomat
bir yonda butun bir polk
bir yonda mingta soldat
ikki yondan o‘q yog‘ar
olov yog‘ar beshafqat
bir tomonda tahlika
bir tomonda jasorat
o‘rtada tekis kenglik
o‘rtada turar oq odam
bir tomonda yovuzlik
bir tomonda adolat
qancha davom etdi jang
bilar faqat qaro tun
bilar faqat oq odam
ammo ikkovi lol va gung

tongga yaqin tindi qor
quyuq tuman orasidan
qashlab boshin, shimarib qoshin
chiqib keldi oq odam
ko‘ksi to‘la qo‘rg‘oshin
uni ko‘rib keldi g‘ashim
tumanda yana kim bor?
u yerda hech kim yo‘q vobshem!

qon daryosi sohilida faqat yugurardi boyqadam…

(keyin bu ekan tushim, uyg‘onib ketdim birdan)

(nemischa nutq)

كلمات أغنية عشوائية

اهم الاغاني لهذا الاسبوع

Loading...