kalimah.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

ozodbek nazarbekov – qora ko’zga كلمات اغاني

Loading...

ajrashdilar ikki yonga ikki ko’ngil
ayro bo’ldi har tomonga ikki ko’ngil
ayrilmoqlik bu zamonda bo’ldi yengil
kimga og’ir? o’rtadagi qora ko’zga, qora ko’zga

biri deydi: boshim uzra ochiq osmon
o’zimga xon, o’zimga bek, o’zim sulton
ayrilmoqlik bu zamonda bo’ldi oson
kimga qiyin? o’rtadagi qora ko’zga, qora ko’zga

kitoblarda qolib ketdi ahdu vafo
bevafolik bo’ldi udum, bo’ldi vabo
kimga mazza bu beboshlik, kayfu safo?
kimga azob? o’rtadagi qora ko’zga, qora ko’zga

onasidan kecholmasa nima qilsin?
otasidan kecholmasa nima qilsin?
bu jumboqni yecholmasa nima qilsin?
bo’ldi armon o’rtadagi qora ko’zga, qora ko’zga
ana karlik, ana ko’zi ochiq ko’rlik
sarson bo’ldi aro yo’lda bola sho’rlik
bu ginalar, bu arazlar, bu mag’rurlik
kimga jabr? o’rtadagi qora ko’zga, qora ko’zga

o’zlarining farog’ati muhim rosa
ahdu paymon unutilgan, yo’q murosa
qani endi bittasi “xo’p” deya qolsa
kimga quvonch? o’rtadagi qora ko’zga, qora ko’zga

ajrashdilar ikki yonga ikki ko’ngil

كلمات أغنية عشوائية

اهم الاغاني لهذا الاسبوع

Loading...