
tohir mahkamov - ukam كلمات أغنية
umrning bevafoligi bor gap. aka_ukachilik, jigarchilik anqoning urug’i bo’lib borayotgan bir zamonda bedavo dardga chalingan ukasiga jonini bergudek bo’lib, chora izlab topolmagan namanganlik birodarimiz olimxonga taskin bo’larmikin degan o’yda qo’shiq yozdik. eh, qaniydi o’limga chora bo’lgandayu, taskin berishga ehtiyoj bo’lmaganida… rahmatli obidxon bebaho yigit edi. ilohim, oxirati obod bo’lsin. hoji ota, hoji ona va jamiki yaqinlariga allohdan sabr_u qanoatlar tilayman
ota_onam kuydirib dog’da
dardlarga jim chidagan ukam
bedavo dard oldi gul chog’ida
dunyolarga sig’magan ukam
jigarlarim ko’p_u jonajon
baridan sen eding mehribon
yulib ketding jigarni yomon
dunyolarga sig’magan ukam
o’g’illaring qolganda so’rab
chidolmayman ko’ziga qarab
bundan ortiq dard bormi, yo rab
dunyolarga sig’magan ukam
aytganingdek, murg’ak j_smini
ko’rmay ketding qizing husnini
“oyisha” deb qo’ydik ismini
dunyolarga sig’magan ukam
davo bo’lmas bedavo dardga
shuncha dardmi navqiron mardga?
bo’yinsungan haq qo’ygan shartga
dunyolarga sig’magan ukam
olim akang dog’ingda ado
kunda yig’lab qiladi duo
u dunyoingni bersin rabbano
dunyolarga sig’magan ukam
كلمات أغنية عشوائية
- king flip - king flow كلمات أغنية
- ben rector - green كلمات أغنية
- mahavatar - open your minds كلمات أغنية
- iamclay - forgotten how to fly كلمات أغنية
- trent stark - bet كلمات أغنية
- junglepussy - all of you كلمات أغنية
- bright light bright light - tough love كلمات أغنية
- michael circle - summer كلمات أغنية
- sensei k - mood (freestyle) كلمات أغنية
- tazdied - ghost rider كلمات أغنية