kalimah.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

shaka (uzb) - oq va qora lyrics

Loading...

u men uchun ham duo
ham qarg‘ish
u ham savob
va misli qilmish

u ham quyoshdir
ham oy
u ham xunuklik
ham chiroy

u ham bahor, ham kuz
u ham kecha ham kunduz
u ham olov, ham muz
u ham shakar, ham tuz

u ham chap, ham o‘ng
u ham tuproq, ham go‘ng
u liberal, lek kommunist
u yevrey, lekin fashist!

u ham shodlik, ham g‘am
u ham quruq, ham nam
elektrosetda avariyaga
sabab bo‘lgan sh_g‘am

to‘yni buzgan lezginka
poyezdni qulatgan rezinka
men seni sevaman
va nafratlanaman

oq va qora, oq va qora
uni yaxshi ko‘rib boryapman tobora
oq va qora, oq va qora
uni yomon ko‘rmayin yo‘q chora

oq va qora, oq va qora
uni yaxshi ko‘rib boryapman tobora
oq va qora, oq va qora
uni yomon ko‘rmayin yo‘q chora

[alisher navoiy]
ey sabo, sharh ayla avval dilsitonimdin xabar
songra degil kongul otlig‘ notavonimdin xabar
chun menga berding xabar, lutf aylab ul yon dog‘i elt
xotiri majruh ila ozurda jonimdin, xabar

[shaka]
seni yaxshi ko‘raman
meni yomon ko‘rasan
mening qalbim lolazor
san lolani o‘rasan

meni uyim koshona
ammo lekin g‘amxona
meni ko‘cham gulzor
lek tikonzor, payhona
seni mahallang tor
kirsam agar bir bor
bo‘ladurman pozor
chunki men bir devona

unda doim men xor
lek arimayman zinhor
ko‘changni boshi berk, lek
oldida men parvona

berkinma, bo‘lma biram jafokor
jerkima, kulib qo‘ygin bir bor
darvesh qalbimni angishvona bilan tesh
nozik qo‘llaringga bermagil ozor

senga kit kat oberaymi, yoki red bull?
yo‘q san yig‘lama, san faqat kul
diqqating tramvay yo‘laklarida
sеnga mabodo kerakmasmi pul?

senga pul qarzmanmi?
senga qul tarzmanmi?
kulyapsanmi, b_tch! hahahaha!
(kul kul kul kul)

oltin qafasingga tushgan bulbulmanmi yo?
(hahahaha)
ustimdan kul, tagimdan kul
yonimdan kul, o‘ngimdan kul
tеringni namlab yursangda nuqul
san tez orada bo‘lasan kul!
sendan mineral o‘g‘it ham qolmaydi bir kun
tuproq tugul

yo
bermayman gul
bermayman tugun
san tulki kabi tul
san misli furunkul
man shuni tushundim bugun
seni baribir yaxshi ko’raman

shaka ko‘r, faqir
lek u seni yaxshi ko‘radir

كلمات أغنية عشوائية

اهم الاغاني لهذا الاسبوع

Loading...