
qarz & hilola gʻayratova - shamol كلمات أغنية
[«shamol» qoʻshigʻi matni]
[koʻplet 1: qarz]
shamol ortidan yugurgan toʻzondek toʻkilgan barglar nolasi
sensiz bu dunyo zindondek, sen bilan chiqsin tilka porasi
yoningda bir soʻz aytolmayman, lek asarlar yozgim bor asli
yorugʻlikka intilishdan qoʻrqar afsus kuygan yuragim qorasi (ye)
[naqarot: qarz]
bir bora sevgan qalblar naqadar ojiz
unutishga intilar, taqdirdan qochib
tiklab boʻlmasa koʻzguni, boʻlsa chilparchin
yana vaqt imkon beradimi yo ichi achib?
orqaga qarab yurmasa soat millari
eshigimni qoqmasa oʻtgan yillarim
yomgʻir ikkimiz uchun tunda yigʻladi
yoki sani koʻz yoshlaringmidi? shuni bilmadim
[keyingi_naqarot: qarz]
sochlaringni oʻynatsam, shamolday buzib
qoʻllaringga teginolsa bir bora yuzim
tunlari soyang boʻlardim, goʻyo kunduzi
faqat koʻzlari sanga oʻxshasin, tugʻilsa qizim
xayollarim soʻnggi paytda har tomon uchar
atrofimda har bir inson haq oʻzicha
shimollarga qarab ketsam yana san tomon
kuchim qolmasa bagʻrimga kel oʻzing, telba shamol
[koʻplet 2: hilola gʻayratova]
toʻkilgan barglar nolasi, ular kabi vaqtimiz kam
sovuqdek qalbing soyasi. muzlaganmi baxtimiz ham?
afsus va gʻamlarni unutib yoningga borgim kelar ba’zida
bir soʻz aytmasdan ham bagʻringga kirolsam qalbing derazasidan
tomirlaringda oqqan qon kabi tanang boʻylab keladi yugurgim
muhim emas_ku endi qolgani, bag’ringga bos, tashvishni unutgin
egnimdagi koʻylagim tebratib, qoʻllarimdan tutsang ohista
yolgʻiz payting kel yonimga, qaytib, bilmay qid_rs_ng nimadir istab
[koʻprik: hilola gʻayratova]
javobi yoʻq goʻyo savollar
qalbimni qidirgin samoda
koʻrgim kelsa ham har zamonda
lekin xayolim oʻgʻirlar shamollar
[naqarot: qarz]
bir bora sevgan qalblar naqadar ojiz
unutishga intilar, taqdirdan qochib
tiklab boʻlmasa koʻzguni, boʻlsa chilparchin
yana vaqt imkon beradimi yo ichi achib?
orqaga qarab yurmasa soat millari
eshigimni qoqmasa oʻtgan yillarim
yomgʻir ikkimiz uchun tunda yigʻladi
yoki sani koʻz yoshlaringmidi? shuni bilmadim
كلمات أغنية عشوائية
- cariño - mierda seca كلمات أغنية
- kedence - out of my sight كلمات أغنية
- lil xtra - yeah it's fine, whatever كلمات أغنية
- demiurge - absolution كلمات أغنية
- hoodrich maye - i.k.e( i kill em) كلمات أغنية
- knave - hindsight كلمات أغنية
- nehëmah - sønner av den fimbulvetr كلمات أغنية
- isa - perfect كلمات أغنية
- graham riley - pain on my mind كلمات أغنية
- guy gabriel, av - young & reckless كلمات أغنية