kalimah.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

konsta - hech kim yoʻq كلمات أغنية

Loading...

[«hech kim yoʻq» qoʻshigʻi matni]

[koʻplet 1]
bu xona qorongʻu, hech kim yoʻq
tuygʻularim yuk, lek ulardan kechgim yoʻq
kim sabab men shuncha kechdim yoʻl?
nega hayotim toʻla_yu, hozir hech kim yoʻq?
dardimni yoʻq qilishim kerak bugunoq
erkakni koʻz yoshlari, xuddi bu gunoh
sen hech kimga kerakmassan siqilganingda
iltimos, musiqa shu qalbimni yukin ol
odam soʻnar, hafsalasi boʻlsa pir
nima kerak bu kurash, bu sabr?
erkakni ishi toʻlash boʻlsa birgina
ichingdagini soʻrashmas ekan ham
dardingni faqat oʻzing koʻtarasan
koʻrsatmaysan kimdir senga qarasa
nozik joyingni koʻrsatsang, oʻlasan, xuddi
koʻrsatmaysan_u qalbingni yarasin

[koʻprik]
shunaqa hayot, okey, xoʻp
uni ideali sen emas, k_pop
gapiraman desang, ey, koʻp
lekin nima foyda?
erkaklarni hissiyotlari boʻlmidi
erkaklar bu doim kimnidir umidi
erkak doim sevilish uchun toʻlidi
hech narsasi yoʻqni hech kimi boʻlmidi
[naqarot]
oʻylanib kechalar uyqudan oldin
tosh boʻlib yurak, his_tuygʻudan qoldi
mayli, doʻstim, menga quy, muzlab qoldim
kunduzlar keldi, lekin izlar qoldi
oʻylanib kechalar uyqudan oldin
tosh boʻlib yurak, his_tuygʻudan qoldi
mayli, doʻstim, menga quy, muzlab qoldim
kunduzlar keldi, lekin izlar qoldi

[koʻplet 2]
yoʻqolib boradi har kuni bir boʻlagim
bu yolgʻizlikni qorongʻu yoʻlagi
ichim toʻla kapalaklar oʻligi
narxini bilaman_u, kelmidi toʻlagim
tanim toʻla amur oʻqidan chandiq
skeletlarga toʻldi shkaf bilan sandiq
sevgi qutqarmaydi, u biram tantiq
yana qonimga zahringdan grammdan tiq
mayli, xuddiki men bu dunyoda oʻrinsiz
men ketay_u topa qoling mendan zoʻrin siz
dunyo mensiz qani chiroyliroq koʻrinsa
unutilsin oddiy bola, koʻrimsiz

[naqarot]
oʻylanib kechalar uyqudan oldin
tosh boʻlib yurak, his_tuygʻudan qoldi
mayli, doʻstim, mеnga quy, muzlab qoldim
kunduzlar keldi, lekin izlar qoldi
oʻylanib kechalar uyqudan oldin
tosh boʻlib yurak, his_tuygʻudan qoldi
mayli, doʻstim, mеnga quy, muzlab qoldim
kunduzlar keldi, lekin izlar qoldi

كلمات أغنية عشوائية

كلمات الأغنية الشائعة حالياً

Loading...