kalimah.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

botir qodirov - ey do'stim lyrics

Loading...

ey do’stim, ey do’stim
davlating, imkoning bo’lsa
tulporing choparga maydoning bo’lsa
manziling ko’zlagan karvoning bo’lsa
eng avval otangning qadrini bilgin
eng avval onangga yaxshilik qilg’il

zeb_ziynat ustunmas ota_onangdan
mol_davlat ustunmas ota_onangdan
hashamat ustunmas ota_onangdan
maishat ustunmas ota_onangdan
eng avval otangning qadrini bilgin
eng avval onangga yaxshilik qilg’il
bugun qadah tutib turgan dilbarlar
yiqilsang, bir kunda tashlab ketarlar
odam bo’lib solgin ortga bir nazar
eng avval otangning qadrini bilgin
eng avval onangga yaxshilik qilg’il

oppoq sochlarida sabr beshigi
ajinlar qatori _ jabr beshigi
biz ochib kirmasak mehr eshigin
qarsillatib yopsak qadr eshigin
ulgur ochilmasdan qabr eshigi
eng avval otangning qadrini bilgin
eng avval onangga yaxshilik qilg’il

ey do’stim, ey do’stim
davlating, imkoning bo’lsa
tulporing choparga maydoning bo’lsa
manziling ko’zlagan karvoning bo’lsa
eng avval otangning qadrini bilgin
eng avval onangga yaxshilik qilg’il

bu dunyo nimadir, bu dunyo _ o’yin
bugun yutsak, erta yutkazish tayin
boshqa ishingni qo’y, ey ahad qayum
eng avval otangning qadrini bilgin
eng avval onangga yaxshilik qilg’il
bor boyligu naqding shular emasmi?
bor davlatu taxting shular emasmi?
axir sening baxting shular emasmi?
eng avval otangning qadrini bilgin
eng avval onangga yaxshilik qilg’il

ey do’stim, ey do’stim
davlating, imkoning bo’lsa
tulporing choparga maydoning bo’lsa
manziling ko’zlagan karvoning bo’lsa
eng avval otangning qadrini bilgin
eng avval onangga yaxshilik qilg’il

eng avval otangning qadrini bilgin
eng avval onangga yaxshilik qilg’il

كلمات أغنية عشوائية

اهم الاغاني لهذا الاسبوع

Loading...